Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, Beechcraft King Air B200 samolyoti Niderlandiyaga yo‘l olayotgan bo‘lgan, u parvozni boshlaganidan ko‘p o‘tmay qulab tushgan. Ushbu rusumdagi samolyot 7–9 nafar yo‘lovchi sig‘imiga ega hisoblanadi.
Hodisa joyida polisiya va tez yordam xodimlari ishlamoqda.
Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.