Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Katta pul tikdim. Aleksandr, o‘zligingni yo‘qotma"

"Katta pul tikdim. Aleksandr, o‘zligingni yo‘qotma"

Meksikalik boks yulduzi Saul "Kanelo" Alvares Usik – Dyubua revansh jangida ukrainalikning g‘alabasiga ishonmoqda.

Meksikalik Aleksandr Usikning bo‘lajak jangdagi g‘alabasi uchun 500 000 dollar pul tikkanini aytdi. Mutlaq jahon chempionligi uchun kechadigan jang 19 iyul kuni Londondagi muhtasham "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi.

"So‘nggi besh yilda Usik eng kuchlilarini yengdi. U — chidamli, texnik va aqlli. Unga ishonaman. Shu sabab katta pul tikdim. Aleksandr, o‘zligingni yo‘qotma", — deb yozdi Kanelo ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Kiritildi: 23:25 13.07.2025. O'qildi: 2139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!