UFC prezidenti Dana Uayt Oq uyda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan turnir haqida ma’lumot berdi.
"Jamoam allaqachon Oq uyda bo‘lgan. Barcha logistika jihatlarini ko‘rib chiqdik. Hozir reja ustida ishlayapmiz. Taqdimotni bir-ikki hafta ichida prezident Trampga taqdim etishimiz mumkin.
U ushbu turnirni e’lon qilgan kuni qizini — Ivankani mas’ul qilib tayinladi. U tadbirni tashkil qilyapti. Men Ivanka bilan avval ham ishlaganman — natijasi yaxshi bo‘lgan. Endi biz butun loyihani shaxsan prezidentga taqdim qilishni kutayapmiz", — dedi Uayt.
Avvalroq Dana Uayt bu turnirda Konor Makgregor va Jon Jons ishtirok etishi mumkinligini aytgandi.