Bugun, 13 iyun kuni Gruziyaning Batumi shahrida joylashgan “Batumi Mall” savdo markazidan odamlar evakuasiya qilingan. Bunga markazda portlash tahdidi haqida kelib tushgan xabar sabab bo‘lgan.
Ayni vaqtda antiterror kuchlari tomonidan xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda va markaz to‘liq tekshirilmoqda.
Hozircha evakuasiya vaqtida markaz ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan-bo‘lmagani haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.