UFC sobiq chempioni Daniel Kormye Konor Makgregor haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Ko‘pchilik nega mening Konor bilan yaxshi munosabatda ekanimni so‘raydi. Bu qisman Habib va Konor o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq. Men Makgregorni Habibni "yaratgan" inson sifatida hurmat qilaman. Agar Konor bo‘lmaganida, Habib dunyo darajasidagi yulduzga aylanmagan bo‘lardi.
Menimcha, Topuriya va Maxachev ham bir-birlari uchun shunday shaxslar bo‘la oladi. Bir-birlarini yoqtirmasalar ham, yangi bosqichga chiqish uchun bir-birlariga muhtoj. Men Makgregorni Habibga yordam bergani uchun qadrlayman. Ular jang qilgunicha Habib faqat MMA darajasida mashhur edi. Makgregorni yengganidan so‘ng esa u butun dunyoga tanildi", — dedi Kormye.