Hindistonning Himachal-Pradesh shtatida uzluksiz yog‘gan kuchli musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 85 nafarga yetdi. Bu haqda Hindustan Times nashri mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.
Shtatdagi Favqulodda holatlarni boshqarish davlat markazi (SDMA) ma’lumotiga ko‘ra, 20 iyundan buyon hududda davom etayotgan kuchli yomg‘irlar toshqinlar, yer ko‘chkilari va yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lgan. Oqibatda insonlar hayoti va mulkiga jiddiy ziyon yetgan.