Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Evropada jazirama tufayli 2,3 ming kishi halok bo‘ldi

Evropada jazirama tufayli 2,3 ming kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 23 iyunidan 2 iyuliga qadar Yevropaning 12 shahrida 2,3 mingga yaqin kishi kuchli jazirama oqibatida vafot etgan.

Angliyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, issiq harorat sabab vafot etganlarning taxminan 1,5 ming nafari yoki 65 foizining o‘limi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Tadqiqot mualliflarining aytishicha, o‘rganilayotgan shaharlarda havo harorati har doimgidan 1-4 darajagacha ko‘tarilgan. Jumladan, Milan (317 o‘lim), Barselona (286 o‘lim), Parij (235 o‘lim), shuningdek, London, Rim, Madrid, Afina, Budapesht, Zagreb, Frankfurt va Lissabon shaharlarida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘limlar kuzatilgan.

Kuzatilgan o‘limlarning asosiy qismi (88 foizi) 65 va undan katta yoshdagi odamlarda uchragan. Ta’kidlanishicha, bu ma’lumotlar yondosh kasalliklarga chalingan odamlarda jazirama kunlar erta o‘limning xavfini oshiradi.

Olimlar, shuningdek, iqlim isishi erta o‘lim ko‘rsatkichlarini uch baravargacha oshirib yuborishini taxmin qilishgan.

Kiritildi: 17:06 10.07.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!