Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Afsonaga aylangan Modrich "Real" safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Afsonaga aylangan Modrich "Real" safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Luka Modrich "Real" safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.

Madridliklar klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "PSJ"ga (0:4) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Xorvat o‘yinning 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Avvalroq, 39 yoshli futbolchi turnirdan so‘ng Madrid klubini tark etishini e’lon qilgandi.

Modrich "Real" safida 2012 yildan buyon to‘p tepib kelayotgandi. Futbolchi madridliklar safida 13 yil davomida 28 ta chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan, shu jumladan, 6 ta Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan.

Luka yozda "Milan"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 09:30 10.07.2025. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!