AQSh prezidenti Donald Tramp shtatlarda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida mehmon bo‘ladi. Bu haqda FOX jurnalisti Edvard Lourens ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, AQSh rahbari sovrinni g‘olib jamoaga shaxsan topshirishni rejalashtirayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining final uchrashuvi 13 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Unda "Fluminense" - "Chelsi" va "PSJ" - "Real" juftliklari g‘oliblari o‘ynaydi. Bu 32 ta jamoa ishtirokidagi yangi formatdagi ilk KO‘JCh hisoblanadi.