Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining dastlabki finalchisi aniq bo‘ldi. "Chelsi" yarim final dastlabki o‘yinida "Fluminense"ni mag‘lub etdi - 2:0. O‘yinda "aristokratlar"ning yangi transferi Joao Pedro 18 va 56-daqiqalarda gol urib, dublni rasmiylashtirdi. "Chelsi" finalda "Real" - "PSJ" uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Bahs 13 iyul kuniga belgilangan.