Madridning "Real" klubi yozda chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi bilan xayrlashishga tayyor.
Marca xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" 28 yoshli fransuz uchun yaxshi taklif bo‘lsa, uni jon deb qabul qiladi. Futbolchini Qatar yoki Saudiyaga sotish klub uchun foydali bo‘ladi.
Mendining transferi 2019 yilda "Lion"dan 48 million yevro evaziga amalga oshirilgan. Shartnoma muddati 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.