Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bolgariya 2026 yil 1 yanvardan boshlab rasman yevroga o‘tadi

Bolgariya 2026 yil 1 yanvardan boshlab rasman yevroga o‘tadi

Bolgariya 2026 yil 1 yanvardan boshlab yevroga rasman o‘tadi

Seshanba kuni Yevroparlament Bolgariyada 2026 yil 1 yanvardan yevroning joriy etilishini ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatning yevro hududiga qo‘shilishi uchun 531 a’zo ovoz berdi, 69 a’zo qarshi ovoz berdi, 79 a’zo esa betaraf qoldi.

Bu haqda Yevrokomissiya bayonot berdi.

"Evroga o‘tish shunchaki valyuta almashinuvi emas, balki Bolgariya iqtisodiyotini mustahkamlaydigan, fuqarolar va biznesga qo‘shimcha foyda keltiradigan muhim yutuqdir" - dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.

Bolgariyaning yevrozonaga qo‘shilishi Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari bilan yaqinroq iqtisodiy integrasiya, moliyaviy barqarorlikni oshirish va yangi sarmoyaviy imkoniyatlarni anglatadi.

Kiritildi: 20:00 08.07.2025. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!