Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yangi o‘tish punkti ochildi

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yangi o‘tish punkti ochildi

Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ikki davlat chegarasidagi “Tojvaron – Karamik” yangi o‘tish punktining virtual ochilish marosimida ishtirok etdi.

Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Infratuzilma ishga tushirishga to‘liq tayyor bo‘lgani haqida mas’ul boshqarmalar davlat rahbarlariga hisobot berdi. Prezidentlar o‘tish joyini ochishga rasman ruxsat berishdi.

Marosim mahalliy hokimiyat vakillari va chegaradosh hududlar – Tojikistonning Laxsh tumani va Qirg‘izistonning Cho‘n Oloy tumanlari aholisi ishtirokida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi report.az.

Kiritildi: 19:14 08.07.2025. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!