Kuni kecha matbuotda Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik yulduz Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan ligaga bormaydi. Bu haqda taniqli jurnalist, Messining biografi Gilyam Balage ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Balage Messi va "Al-Ahli" haqidagi ma’lumotlarni feyk deb atadi. Jurnalistning ta’kidlashicha, 38 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni klublari bilan aloqada bo‘lmagan. Balagening ta’kidlashicha, Messi "Inter Mayami" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Shuningdek, Balagening aytishicha, Messi MLS klubi bilan shartnomasini uzaytiradi va kelasi yozda Argentina terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etadi.
Leo Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan.