Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonga to‘rt oyda qariyb 7 ming yaponiyalik sayohatchi kelgan

O‘zbekistonga to‘rt oyda qariyb 7 ming yaponiyalik sayohatchi kelgan

2025 yilning yanvar-aprel oylarida jami 6,8 ming nafar Yaponiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 53,4 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yaponiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

  • sayyohlik — 5 944 nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash — 589 nafar;
  • xizmat yuzasidan — 221 nafar;
  • o‘qish — 28 nafar;
  • tijorat — 1 nafar.
Kiritildi: 16:16 27.06.2025. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!