Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiya Rossiyadan gaz importini oshirishga tayyor

Turkiya Rossiyadan gaz importini oshirishga tayyor

Turkiya Rossiyadan gaz importi hajmini oshirishga tayyor, biroq ularning tijorat jozibadorligini ta’minlashni so‘raydi.

Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Turkiya delegasiyasi bilan muzokaralardan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Turkiya Rossiya gazini xarid qilishni ko‘paytirishga tayyor. Ular ko‘paytirmoqchi. Lekin ular tijorat jozibadorligi masalasini ko‘tarmoqda", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya 2025 yilning yanvar-aprel oylarida Turkiyaga quvur orqali gaz yetkazib berishni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,4 foizga oshirib, 8,8 milliard kub metrga yetkazgani xabar qilingandi.

2024 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya Turkiyaga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmini 2,6 foizga oshirib, 21 milliard kub metrdan sal ko‘proqqa yetkazdi.

Rossiya Turkiyaga Qora dengiz orqali ikki quvur orqali gaz yetkazib beradi. Bluye Stream 2003 yil boshida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, uning loyihaviy quvvati yiliga 16 milliard kub metrni tashkil qiladi. “Turk oqimi” gaz quvuri ikkita liniyadan iborat bo‘lib, ulardan biri turk iste’molchilarini gaz bilan ta’minlash, ikkinchisi – Janubiy va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib berish uchun mo‘ljallangan. “Turk oqimi”ning umumiy quvvati 31,5 milliard kub metrni tashkil etadi, uning faoliyati 2020 yilning yanvar oyida boshlangan.

Kiritildi: 06:30 20.06.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!