Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda "svet" o‘chgani O‘zbekistonda ham sezildi

Qozog‘istonda "svet" o‘chgani O‘zbekistonda ham sezildi

Bugun, 19 iyun kuni soat 16:44 da Qozog‘iston Respublikasidagi “Ekibastuz” energetika uzelida noqulay ob-havo sharoiti tufayli 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chgan.

Buning natijasida Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham chastota tushishlari kuzatildi.

Avariyaviy holatni bartaraf etish maqsadida ayrim hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlar kiritildi.

Soat 19:30 da 500 kVli elektr uzatish liniyasidagi nosozlik bartaraf etildi va iste’molchilar ta’minoti tiklandi.

Kiritildi: 22:16 19.06.2025. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!