Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Eronda «milliy internet» faollashtirildi: mamlakat aholisi tashqi internetdan mahrum qilindi

Eronda «milliy internet» faollashtirildi: mamlakat aholisi tashqi internetdan mahrum qilindi

Bu haqda jurnalist va siyosiy tahlilchi Nikita Smagin Eron davlat ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar bermoqda. Unga ko‘ra, «milliy internet» dastlab 2019 yilda norozilik namoyishlarini bosish vaqtida yoqilgan edi.

«Siz mamlakatdan tashqariga hech narsa yuborolmaysiz va “chet eldan” hech narsa qabul qila olmaysiz (pochta, ijtimoiy tarmoqlar, OAV, messenjerlar — barchasi bloklangan). Ammo mamlakat ichida banklar ishlamoqda, ilova orqali taksi chaqirish, samolyotga chipta sotib olish mumkin — va, albatta, davlat OAV saytlariga kirish mavjud», — deydi Smyagin.

Erondan tashqi axborot oqimi ancha kamayadi. Bu blokirovkadan aylanib o‘tish oson emas — VPN yordam bermaydi. Faqat xorijiy SIM-karta yoki Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldosh internetiga ulanish kerak.

Internet erkinligini kuzatuvchi xalqaro NetBlocks tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Eron butun mamlakat bo‘ylab 18 soatdan ortiq davom etgan «deyarli to‘liq internet uzilishi» holatida. Mamlakatdagi internet trafigi odatdagidan taxminan 3-4 foizga kamaygan.

Kiritildi: 15:32 19.06.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!