Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Isroilda havo hujumidan omon qolgan xavfsizlik xonalari namoyish etildi

Isroilda havo hujumidan omon qolgan xavfsizlik xonalari namoyish etildi

Bu tongda turar joy binosiga hujum qilinganidan so‘ng, Isroilda omon qolgan maxsus xavfsizlik xonalariMAMAD — ko‘rsatildi.

Bunday xonalar Isroilda 1950-yillardan beri quriladi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo hujumlaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.

MAMAD xonalarining xususiyatlari:

  • Devorlari 25–30 sm qalinlikdagi temir-betondan;

  • Maxsus mustahkamlangan eshik va oynalar;

  • Portlash to‘lqiniga chidamli;

  • Havoni tozalaydigan filtr tizimi mavjud (kimyoviy qurollar va boshqa ifloslanishlarga qarshi).

Bunday xonalar ayrim hollarda har bir xonadonda bo‘ladi, yoki butun qavat uchun umumiy qilib quriladi.

Ilk ma’lumotlarga ko‘ra, bu tongdagi hujumdan so‘ng Isroilda halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Kiritildi: 14:53 19.06.2025. O'qildi: 1391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!