Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Eron AQSh hujumiga tayyor ekanini bildirdi

Eron AQSh hujumiga tayyor ekanini bildirdi

Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Kazem Garibabadi AQShga murojaat qilib, Tehron mojaroni avj oldirishni istamasligini, ammo har qanday harbiy aralashuvga qarshi javob berishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Reuters agentligi xabar berishicha, diplomat shunday dedi:

«Agar kerak bo‘lsa, Eron tajovuzkorlarni jazolashga tayyor».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron harbiy rahbariyatining oldida "barcha zarur variantlar" bor va agar vaziyat talab etsa, kuch ishlatishga ham tayyorlar.

Shu bilan birga, Guardian manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi urushga kirishish niyatida, biroq bir shart bilan — Fordo yadroviy ob’ektini yagona zarba bilan yo‘q qilish.

Trampning ta’kidlashicha, u faqat 13,6 tonna og‘irlikdagi GBU-57 deb nomlangan ulkan bomba bilan er ostida joylashgan Fordo kompleksi butunlay yo‘q qilinadi degan kafolat bo‘lsa, hujumga rozi bo‘ladi.

Ammo Pentagon bu bomba Fordoni faoliyatdan chiqarishi mumkinligini aytsa-da, kompleks to‘liq yo‘q bo‘lishiga kafolat yo‘q. Isroil razvedkasiga ko‘ra, yadroviy ob’ekt 90 metr chuqurlikda joylashgan.

Maxfiy hisobotlarda qayd etilishicha, kompleksni butunlay yo‘q qilish uchun avval yerni oddiy bombalar bilan “yumshatish”, so‘ngra B-2 bombardimonchisi orqali taktik yadroviy zarba berish talab etilishi mumkin. Ammo bunday ssenariyni Tramp mutlaqo rad etmoqda.

Kiritildi: 14:41 19.06.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!