Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

 Avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori (377-son, 18.06.2025 y.) bilan “Avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarini qoplash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

💰 Reglamentga ko‘ra, avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

📝 Bunda xarajatlar 2024 yil 1 oktyabrgacha shahar, shahar atrofi, shaharlararo avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatgan tadbirkorlarning har bir avtobusi uchun qoplanadi.

📜 Shuningdek, 2024 yil 1 noyabrdan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan va shaxsiy foydalanuvida bo‘lgan 1 ta avtotransport vositasi uchun amalga oshiriladi.

🏛 Avtotransport vositalarini quyidagilar bilan jihozlash uni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish deb e’tirof etiladi:

🔹 tadbirkorlarning avtobuslari uchun:

▪️ yig‘ma pandus (1 dona);
▪️ audio va vizual axborot beruvchi monitor (1 dona);
▪️ axborot beruvchi kolonka (ko‘pi bilan 3 ta);
▪️ ma’lumotlarni uzatuvchi mikrofon (1 dona);
▪️ aloqa tugmasi;
▪️ bekatlar haqida axborot olish imkonini beruvchi ma’lumotlar taxtasi bilan jihozlash (1 dona);

🔹 I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalari uchun:

▪️ gaz va tormoz pedalini qo‘l boshqaruviga o‘tkazish;
▪️ mexanik uzatish qutisini avtomat uzatish qutisi qilib qayta jihozlash xarajatlari.

✍️ Ariza beruvchilar avtotransport vositasi talablarga moslashtirilgan vaqtdan e’tiboran 90 kun ichida "Inson" markazlariga yoki "Yagona" milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimi yoxud YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.

Kiritildi: 14:06 19.06.2025. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!