Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Eron raketa bilan Isroil shifoxonasiga zarba berdi

Eron raketa bilan Isroil shifoxonasiga zarba berdi

Kecha tongda mullalar rejimi Isroildagi fuqarolik ob’ektlariga ballistik raketalar bilan hujum qildi. Ulardan biri Beer-Sheva shahridagi shifoxonaga to‘g‘ri keldi. Suratlarda binodan baland qora tutun ko‘tarilayotgani aks etgan. Shifoxona vakilining aytishicha, raketa «bir nechta hududda jiddiy vayronagarchilik» keltirib chiqargan. Qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 32 kishi yaralangan.

Isroil sog‘liqni saqlash vaziri Uriel Buso ushbu hujumni «terroristik akt» va «insonparvarlik normalariga qarshi urush jinoyati» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, hujum tasodifiy emas, balki tibbiyot xodimlari va begunoh fuqarolarga qaratilgan.

«Tom boshimizga tushdi, portlash to‘lqini meni yiqitib yubordi. Bunday holatni boshdan o‘tkazmaguncha, bunga ishonish qiyin», — dedi shifoxona xodimlaridan biri.

AFP agentligi reportyorlari Tel-Aviv va IYErusalimda tongda portlashlar bo‘lganini ham xabar qilmoqda. Ramat-Gan shahrida (Tel-Aviv yaqinida) raketa birja yaqinidagi hududga teggan.

Isroil armiyasi ma’lum qilishicha, Eron «o‘nlab ballistik raketalar» otgan. Ularning ko‘pchiligi Yer atmosferasini tark etib, gipertezlikda kerakli nuqtaga yo‘naladi. Bu raketalar yuqori tezligi tufayli osonlikcha yo‘q qilinmaydi.

Kiritildi: 13:47 19.06.2025. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!