Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Amerikaning "bunker buzuvchi" bombasi Eronning himoyalangan yadroviy ob’ektlarini yo‘q qilishi mumkin

Amerikaning "bunker buzuvchi" bombasi Eronning himoyalangan yadroviy ob’ektlarini yo‘q qilishi mumkin

Agar AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojarodagi Isroilga bevosita harbiy yordam ko‘rsatishga qaror qilsa, u strategik qurol — GBU-57 bombani ishga solishi mumkin. Bu bomba bunkerlarni yo‘q qilish qobiliyatiga ega va Fordoda (Tehronning janubida) yer ostida, aniqrog‘i tog‘ ichida joylashgan uranni boyitish inshootini yo‘q qilishga qodir yagona qurol hisoblanadi.

Bu bunker tog‘ ichiga 60 metrdan ortiq chuqurlikda joylashgan bo‘lib, Isroilda mavjud bombalar unga zarar yetkaza olmaydi.

GBU-57/B yoki Massive Ordnance Penetrator (MOP) deb ataluvchi bu bomba 13 tonna vaznga ega. U turli materiallar tuzilishiga qarab bir necha o‘n metr beton va yer qatlamlarini teshib o‘tish qobiliyatiga ega. Shu bois Tramp bu qurolni Eronning yadroviy ob’ektlariga qarshi qo‘llashi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.

AQSh harbiy jihatdan aralashadimi-yo‘qmi, bu 48 soat ichida aniq bo‘lishi kutilmoqda. Amerika OAV xabariga ko‘ra, Tramp “G7” sammitida ishtirokini muddatidan oldin to‘xtatib, Vashingtonga qaytib, Milliy xavfsizlik kengashi bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Oq uy manbalarining aytishicha, uchrashuv taxminan 1 soat 20 daqiqa davom etgan. Lekin uning mazmuni hozircha oshkor etilmagan.

Kiritildi: 13:25 19.06.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!