Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Starship raketasi sinov vaqtida portlab ketdi — Deutsche Welle

Starship raketasi sinov vaqtida portlab ketdi — Deutsche Welle

"Texasdagi Starbase kosmodromida rejalashtirilgan statik sinov paytida SpaceX kompaniyasining Starship 36 kosmik kemasi halokatli avariyaga uchrab, portlab ketdi", deya xabar berdi mahalliy hokimiyat.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazilishi aytilgan. Mahalliy aholiga uchirish maydoniga yaqinlashmaslik tavsiya etildi.

SpaceX kompaniyasi bayonotiga ko‘ra, kema o‘ninchi sinov parvoziga tayyorlanayotgan paytda sinov maydonchasida “jiddiy anomaliya” yuz bergan.

"Butun operasiya davomida maydon atrofida xavfsiz zona ta’minlandi, barcha xodimlar xavfsiz joyda, hech kim jabrlangani yo‘q", — deb yozdi SpaceX X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Dunyoning eng yirik kosmik raketasi bo‘lgan Starship'ning avvalgi, ya’ni to‘qqizinchi sinov parvozi ham muvaffaqiyatli bo‘lmagan edi. O‘shanda uchirishdan taxminan yarim soat o‘tgach, Starship'ning ikkinchi bosqichi ustidan nazorat yo‘qolgandi.

Kiritildi: 13:09 19.06.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!