Bugun Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 9-turidan o‘rin olgan BAA – O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:00 ga belgilangan.
Ushbu uchrashuvdagi durang yoki g‘alaba terma jamoamizga JCh yo‘llanmasini kafolatlaydi.
Bugungi uchrashuvda Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoamizga omad tilab qolamiz!
Eslatib o‘tamiz, bugungi bahsni avstraliyalik FIFA referisi Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouyen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VARda esa Aleksandr King ishlaydi.
JCH-2026 saralashi
BAA - O‘zbekiston
5-iyun | 21:00
"Al Nahyan" stadioni.