Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Olmazor tumanidagi yong‘in 4 ta xonadonga zarar yetkazdi

Olmazor tumanidagi yong‘in 4 ta xonadonga zarar yetkazdi

5 iyun kuni soat 06:27 da Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy 4-tor ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 06:32 da voqea joyiga yetib borib, 07:12 da yong‘in qurshab olindi. Soat 07:34da yong‘in to‘liq o‘chirildi.

Aytilgan manzilda joylashgan shaxsiy xonadonlar bir biriga tutash bo‘lganligi sababli yong‘in natijasida 4 ta xonadon yonib zararlangani aniqlandi.

Yong‘in natijasida jarohatlangan fuqarolar yo‘q.

Kiritildi: 07:51 05.06.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!