5 iyun kuni soat 06:27 da Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy 4-tor ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 06:32 da voqea joyiga yetib borib, 07:12 da yong‘in qurshab olindi, hozirda yong‘in o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Aytilgan manzilda yong‘in sodir bo‘lgan shaxsiy xonadonlarning birida yoqilg‘i moylash mahsuloti saqlanganligi taxmin qilinmoqda.
Vaziyat FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmadi.