Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.
🔹1-bosqichda abituriyentlar har yili 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tadi hamda quyidagilarni tanlaydi:
🟢Faqat test sinovida ishtirok etsa:
✅fanlar majmuasi;
✅ta’lim tili;
✅test topshirish hududi.
🟢Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa:
➡️ta’lim tili;
➡️test topshirish hududi;
➡️alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishi;
➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh.
Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
🔸2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
➡️oliy ta’lim muassasasi;
➡️bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;
➡️ta’lim shakli;
➡️tanlov ustuvorligi.
Abituriyent test sinovida to‘plagan ballarini imtihon o‘tkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
✔️ Texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
🟢texnikum;
🟢kasb va mutaxassislik;
🟢ta’lim shakli.
🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida “Qabul-2025” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, fuqarolarimiz Vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.