O‘zbekiston-Qozog‘iston orasidagi “Navoiy” chegara postida 4 iyun soat 20:25 holatiga ko‘ra, tirbandlik to‘liq bartaraf etildi, deb habar qilmoqda Bojxona qo‘mitasi.
Bugun ushbu postda ikki davlat bojxona xizmatlari mas’ullarining sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda tomonlar shu kunlarda kuzatilayotgan tirbandlikni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rishga kelishib olishgan edi.
“Navoiy” chegara nazorat punkti orqali sutkasiga 40 mingga yaqin fuqaro va 2 mingga yaqin yengil avtotransport vositalari harakatlanmoqda.