UzAuto Motors Chevrolet avtomobillarini UzAutoSavdo platformasida masofadan turib shartnoma tuzish va to‘lov qilish imkonini yaratdi.
Yangilangan saytda interfeys yaxshilandi, navigasiya soddalashtirildi va foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratildi.
Endilikda xaridorlar avtoshourumga faqat avtoni qabul qilish uchun boradi.
Sayt hozircha test rejimida ishlamoqda. Yaqin kunlarda test-drayv va texnik xizmatga yozilish funksiyalari ham qo‘shiladi.