Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit hamkorlik rivojlantiriladi

Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit hamkorlik rivojlantiriladi

Tehronda Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum imzolash tadbiri Tehronda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar transport vazirlarining 13-yig‘ilishi doirasida tashkil etildi.

Memorandum Eron transport va shaharsozlik vaziri Farzona Sadiq va O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda Eron portlar va dengizchilik tashkiloti (PMO) rahbari Said Rasuli ishtirokidagi marosimda imzolandi.

O‘zaro anglashuv memorandumi doirasida tomonlar O‘zbekiston xususiy sektori uchun Eronning Shahid Rajai portiga sarmoya kiritish, maxsus terminal va logistika markazi qurish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Kiritildi: 18:51 04.06.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!