Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Xovos tumani sobiq hokimi qamaldi

Xovos tumani sobiq hokimi qamaldi

2020–2023 yillarda Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi bo‘lib ishlagan Uchqun Kamolov ozodlikdan mahrum etildi. U yer ajratish tartibini buzish, davlat mablag‘larini talon-toroj qilish kabi jinoyatlarda aybdor deb topildi.

Sud hukmiga ko‘ra, Kamolov davlat manfaatlariga milliardlab so‘m zarar yetkazgan. U yer ajratish komissiyasi raisi sifatida qonunga xilof ravishda 144 gektar yerni tadbirkorlarga bergan va bu bilan 8,8 mlrd so‘m, shuningdek, yana 3 holatda 6,3 mlrd so‘m zarar keltirgan. U 3 yil 5 oy 23 kunga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kiritildi: 16:55 04.06.2025. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!