Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5 mlrd. 353 mln. so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi

Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5 mlrd. 353 mln. so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan tovarlarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Rossiya Federasiyasi va Qozog‘iston Respublikasidan yurtimizda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar nomiga yuborilgan tovarlar ortilgan 2 ta “GAZ” rusumli yuk avtotransport vositalari Toshkent viloyatidagi “Yallama” chegara-bojxona postiga “qizil yo‘lak”da kirib kelganlaridan so‘ng, ularni to‘liq bojxona ko‘rigidan o‘tkazish maqsadida bojxona xodimi kuzatuvi ostida, belgilangan manzil bojxona postiga yo‘naltirildi.

Lekin, yarim yo‘lda bojxona xodimi mashinalarni belgilangan manzilgacha kuzatib bormasdan, ularni nazoratsiz qoldirib, erkin harakatlanishlariga zamin yaratgan.

Bundan foydalangan haydovchilar yo‘nalishni o‘zgartirib, Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi, 1966 y.t. fuqaroning xonadoniga borishgan.

So‘ngra Rossiya va Qozog‘istondan kitob, aksessuar va kiyim-kechaklar orasiga yashirgan holda olib kelingan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, “Aktovegin”, “Kleksan”, “Remaksol” kabi 214 nomdagi jami 52459 dona dori vositalarini yuk mashinasiga o‘rnatilgan bojxona muhrini buzmagan holda xonadonga tushirib, belgilangan manzil bojxona posti tomon yo‘lga chiqqan vaqtlarida ular Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qo‘mitasining shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, sifati kafolatlanmagan ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 5 mlrd. 353 mln. so‘mni tashkil etadi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi mazkur tovarlarni qo‘shni davlatdan mamlakatimizga o‘tkazib berishlari evaziga yuk avtomashinalari haydovchilariga 2000 AQSh dollari va’da qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yuk mashinalari haydovchilari va dori vositalari tushirilgan Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadon egasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, xizmat majburiyatini to‘laqonli bajarmay, xorijdan noqonuniy olib kelingan dori vositalarini yuk mashinalaridan tushirib qoldirilishiga zamin yaratgan “Yallama” chegara-bojxona posti inspektorining xatti-harakatlariga nisbatan tergov davomida huquqiy baho beriladi.

Kiritildi: 09:15 29.05.2025. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!