“Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (329-son, 27.05.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:
🔹 ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda "ERP madaniyat" yagona boshqaruv tizimiga integrasiya qilinadi;
🔹 madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha "Ijodiy texnolaboratoriya" tashkil etiladi;
🔹 umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida "Ijodkor yoshlar klubi" faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 "Madaniyat volontyorlari" ijtimoiy harakati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
✔️ Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli san’atkorlari o‘quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.
💸 Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi "Start-Up" loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratish choralari ko‘riladi.
📝 2026 yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.