Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Senatda gibrid avtomobillarga ekologik sertifikati talab qilinish masalasiga muhokama qilindi

Senatda gibrid avtomobillarga ekologik sertifikati talab qilinish masalasiga muhokama qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda bojxonada “Evro-4” talab qilinishi ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

Senator Anvar Tuychiyev bu borada Ekologiya vazirligiga senator so‘rovi yuborgan edi. So‘rov orqali shaffoflik, adolat va odamlarni ortiqcha ovora qilmaslik maqsad qilingan.

Bugun Senat majlisida ushbu masala qayta ko‘rildi va bojxona vakili tomonidan gibrid mashinalarga sertifikat talab qilinmasligini aytib o‘tdi.

Senat Raisi Tanzila Narbayeva senator so‘rovi yuborilmaguncha odamlardan pul olib yurilganini ta’kidlab, umumiy gap emas, to‘lov masalasida aniq javob berilishini, qonunchilikda nomuvofiqlik bor bo‘lsa uni qayta ko‘rib chiqish kerakligini, har qanday huquqiy nizoli masala (kollizion) davlat tashkilotlari va inson o‘rtasida yuzaga kelganda aholimiz manfaati yuzasidan hal qilinishi lozimligini qayd etib o‘tdi.

Kiritildi: 13:38 28.05.2025. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!