Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron IIV Trampning Fors ko‘rfazi nomini o‘zgartirish g‘oyasini hujum deb baholadi

Eron IIV Trampning Fors ko‘rfazi nomini o‘zgartirish g‘oyasini hujum deb baholadi

Amerika rahbari Donald Trampning Fors ko‘rfazini Arab ko‘rfazi deb qayta nomlash taklifi xalqaro me’yorlarni buzish hisoblanadi. Bu fikrni Eron IIV rahbarining xalqaro masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Nosir Seroj bildirdi.

"Fors ko‘rfazi nomini buzib ko‘rsatish va soxtalashtirish provokasiya bo‘lib, inson huquqlari va xalqlarning madaniy huquqlarining asosiy tamoyillarini buzish hamda eronliklarning tarixiy o‘zligiga hujumdir," - deya uning so‘zlaridan ISNA agentligi iqtibos keltiradi.

Ilgari "Google Xaritalar" xizmatida Fors ko‘rfazi Arab ko‘rfazi deb o‘zgartirilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 23:49 24.05.2025. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!