Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShning yangi siyosati: Mening kulbam chetda

AQShning yangi siyosati: Mening kulbam chetda

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika qurolli kuchlarining asosiy vazifasi dunyoda "qurol kuchi bilan" demokratiyani yoyish emas, balki o‘z mamlakati chegaralarini himoya qilish ekanligini ma’lum qildi.

"Biz qurolli kuchlarimizning asosiy vazifasi o‘z chegaralarimizni bosqinchilikdan himoya qilishdan iborat bo‘lgan fundamental tamoyilni qayta tiklayapmiz," - dedi u Vest-Poyntdagi (Nyu-York shtati) AQSh Harbiy akademiyasi bitiruvchilari oldida so‘zlagan nutqida.

Amerika rahbari yana shunday qo‘shimcha qildiki, "AQSh qurolli kuchlarining vazifasi boshqa mamlakatlar madaniyatini o‘zgartirish yoki qurol kuchi bilan butun dunyo bo‘ylab demokratiyani yoyish emas." Uning so‘zlariga ko‘ra, "Amerika armiyasining maqsadi har qanday dushmandan ustun kelish va Amerika uchun har qanday joyda va har qanday vaqtda har qanday tahdidni bartaraf etishdir."

Kiritildi: 23:31 24.05.2025. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!