🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2023 yilda 74,7 yoshni tashkil etgan.
✅ Yillar kesimida O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:
1991 yilda – 66,4 yosh
1995 yilda – 69,1 yosh
2000 yilda – 70,8 yosh
2005 yilda – 71,8 yosh
2010 yilda – 73 yosh
2015 yilda – 73,6 yosh
2020 yilda – 73,4 yosh
2024 yilda – 75,1 yosh
❗️Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasida 2025 yil 1 yanvar holatiga aholining o‘rtacha yoshi 29,3 yoshni tashkil etdi.