Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda fastfud sabab 10 oylik chaqaloqning chirigan ichagi kesib tashlandi

Toshkentda fastfud sabab 10 oylik chaqaloqning chirigan ichagi kesib tashlandi

Toshkent shahrida 10 oylik chaqaloqqa fastfud yedirilgani sababli ichagi chirib, shoshilinch operasiya qilindi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, onasi chaqalog‘i bilan olis viloyatdan Toshkentga yo‘l olgan paytida tushlik uchun lavash va kartoshka fri sotib olgan. Yig‘lab tinchimagan chaqaloqqa ayol og‘zida chaynab ushbu taomlardan bergan. Oradan ko‘p o‘tmay, bola o‘zini yomon his qila boshlagan.

Shifokorlarning aytishicha, bolada qusish, qorin dam bo‘lishi, ich ketish va qon ketishi kabi alomatlar kuzatilgan. Tekshiruv natijasida ichak chirigani aniqlangan. Shundan so‘ng, bolaga bir nechta operasiya kerak bo‘lgan. Birinchi bosqichda chirigan ichak qismi olib tashlangan va vaqtincha stoma qo‘yilgan. Bu holatda chaqaloq 6 oycha yashashi mumkin, so‘ngra ichakni tiklash uchun yana bir operasiya o‘tkaziladi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda bolalarda ichak bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlar ko‘paygan. Ko‘p hollarda ona-otalar bilmagan holda chaqaloqlarga somsa, dumba yoki boshqa og‘ir taomlarni berib yuborishadi, bu esa salomatlik uchun juda xatarli.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bolalarni kamida 3 yoshgacha asosan ona suti bilan oziqlantirish kerak. Faqat 1 yoshdan so‘ng asta-sekin qo‘shimcha ozuqa berish tavsiya etiladi.

Kiritildi: 14:08 21.05.2025. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!