Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina TIV: "Rossiya delegasiyasi biz qabul qilib bo‘lmaydigan bir qator shartlarni ilgari surdi"

Ukraina TIV: "Rossiya delegasiyasi biz qabul qilib bo‘lmaydigan bir qator shartlarni ilgari surdi"

Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegasiyasi haqiqatan ham Ukraina uchun qabul qilib bo‘lmaydigan bir qator shartlarni tilga oldi.

Bu haqda Istanbulda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Georgiy Tixiy ma’lum qildi.

"Rossiya delegasiyasi biz qabul qilib bo‘lmaydigan bir qator fikrlarni aytdi. 2014 yildan beri ruslar bilan barcha turdagi muzokaralarda katta tajribaga egamiz, ishoning. Ko‘p raundlar bo‘ldi, shu bois Ukraina delegasiyasi bu tomondan aytilishi mumkin bo‘lgan hamma narsaga qanday javob berishni yaxshi biladi, deb aytgan bo‘lardim", - dedi u.

Tixiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina delegasiyasi prinsipial pozisiyani belgilab, o‘z pozisiyasiga sodiq qolgan holda “bu holatga xotirjam munosabatda bo‘lgan”.

Kiritildi: 00:35 17.05.2025. O'qildi: 1615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!