Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin va Netanyahuni hibsga olish uchun order bergan Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon vaqtincha lavozimidan chetlatiladi — Reuters

Putin va Netanyahuni hibsga olish uchun order bergan Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon vaqtincha lavozimidan chetlatiladi — Reuters

"Bunga jinsiy zo‘ravonlikka aloqador ayblovlar bo‘yicha ichki tergov sabab bo‘lgan. BMT tomonidan olib borilgan ichki tergov yakuniga yetmoqda. Karim Xonning lavozimidan chetlatilishi rasman bugun, 16 may kuni e’lon qilinishi kutilmoqda", deb yozmoqda agentlik manbalariga tayanib.

XJS Prokurori Karim Xon o‘tgan yilning oktyabr oyida jinsiy tajovuzda ayblangandi, biroq u bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.

So‘nggi oylar ichida Karim Xon G‘azo sektorida sodir bo‘lgan harbiy jinoyatlar tufayli Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish uchun order bergani bois keskin tanqid ostida qolgan edi. AQSh prezidenti Donald Tramp joriy yilning fevral oyida Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar joriy qilgandi.

Kiritildi: 21:44 16.05.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!