Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp "buyuk hafta" boshlanayotganini aytdi

Tramp "buyuk hafta" boshlanayotganini aytdi

Tramp Ukrainadagi urush tez orada yakunlanishiga umid qiloshini bildirdi va "buyuk hafta" boshlanayotganini aytdi.

"Rossiya va Ukraina uchun potensial ajoyib kun! Bu tugamas qonli qirg‘in nihoyasiga yetmoqda, degan umiddamiz. Yuz minglab insonlar hayoti saqlab qolinishini o‘ylang. Bu mutlaqo yangi va ancha yaxshi dunyo bo‘ladi. Men bu sodir bo‘lishi uchun har ikki tomon bilan ishlashda davom etaman. AQSh endilikda tiklanish va savdoga e’tibor qaratmoqchi. Buyuk hafta boshlanmoqda!” — deb yozdi AQSh prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, kecha Zelenskiy va uning Yevropadagi hamkorlari Rossiyani dushanbadan boshlab 30 kunlik sulhga rozi bo‘lishga chaqirgan edi. Shu bilan birga, ular agar Moskva o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, yangi sanksiyalar bilan tahdid qilgandi.

Putin esa bunga amalda rad javobini berib, 15 may kunidan Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi.

E’tiborli jihat shundaki, Tramp Rossiyaning sulhga rad javobini izohlamadi.

Kiritildi: 10:52 11.05.2025. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!