Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Ispaniyada xlor ombori yong‘in chiqdi

Ispaniyada xlor ombori yong‘in chiqdi

Ispaniyaning Kataloniya provinsiyasida joylashgan Clim Waterpool kimyoviy omborida sodir bo‘lgan yong‘in sabab beshta hududda favqulodda holat e’lon qilindi.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 02:20 da boshlanib, suzish havzalari uchun mo‘ljallangan 70 tonna xlor saqlanadigan hududda ro‘y bergan. Voqea joyi yaqinidagi aholi punktlari darhol xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirilgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 60 nafar o‘t o‘chiruvchi, 20 nafar maxsus mutaxassis, jumladan kimyoviy razvedka va texnologik xavflarga qarshi ishlaydigan guruhlar jalb etilgan.

Hozircha jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Shunga qaramay, voqea joyiga qo‘shimcha favqulodda yordam brigadalari yetkazilgan va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ayrim yo‘llarda harakat cheklangan.

“Yong‘inning boshqa omborlarga tarqalishiga yo‘l qo‘ymadik. Endi asosiy e’tibor tutun shleyfining zaharlilik darajasi va tarqalishini nazorat qilishga qaratilgan”, — deya izoh berdi Kataloniya o‘t o‘chirish xizmati vakillari.

Kiritildi: 10:40 11.05.2025. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!