Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda, biroq Kiyev muzokaralardan qochishga harakat qilmoqda, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerikaning ABC News telekanaliga bergan intervyusida.
“Prezident Putin muammoni hal qilish, tinch va diplomatik yo‘l bilan kelishuvga erishish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda, biroq tinch va diplomatik vositalarsiz biz harbiy operasiyani davom ettirishga majburmiz”, — dedi u.
Kreml vakili Ukraina muzokaralarni boshlashdan qochishga harakat qilayotganini ta’kidladi.