Misr milliy terma jamoasi va «Liverpul» klubi vingeri Muhammad Saloh o‘zini klubning afsonalari qatoriga qo‘shdi. Bu haqda u «Arsenal»ga qarshi o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
«Jiddiy aytadigan bo‘lsam, bugun men biznes bilan shug‘ullanyapman, mashg‘ulot o‘tkazyapman va o‘ynayapman. Uyga qaytgach, bor e’tiborimni oilamga qarataman. Shuning uchun boshqa narsalarni o‘ylashga vaqt yo‘q. Ammo shuni aytishim mumkinki, men klubning afsonalari qatoridan joy olganman.
Bilasizmi, joriy mavsumda shartnomam uzaytirilishi borasidagi barcha nohaqliklarga qaramay, muxlislar meni qolishga undadi va bu yerda meni ancha hurmat qilishadi», – deydi Saloh.
Ma’lumot uchun, Saloh «Liverpul» safiga 2017 yilda kelib qo‘shilgan. U joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 23 ta assist amalga oshirdi.