Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Rasman Ukrainaga 15 kilometrlik bufer zona g‘oyasi hech kim tomonidan taklif qilinmagan - Zelenskiy

Rasman Ukrainaga 15 kilometrlik bufer zona g‘oyasi hech kim tomonidan taklif qilinmagan - Zelenskiy

"Bu g‘oya unchalik hayotiy emas, chunki hamma narsa monitoring formatiga bog‘liq. Har ikki tomondan 15 kilometrlik qurolsizlantirilgan hudud, nima uchun aynan 15? Qaysi chiziqdan hisoblashni boshlaymiz, chegaradanmi? Masalan, urush Belorussiya hududidan boshlandi, demak Belorussiya ichkarisiga ham 15 kilometr bo‘lishi kerakmi? Agar artilleriya 40 kilometrgacha yetib borsa va dronlar undan ham uzoqqa ucha olsa, nega aynan shuncha? Shunday ekan, 100 kilometrgacha ajratamizmi?" - dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy ta’kidlashicha, hatto qandaydir qurolsizlantirilgan hudud haqida gapirilganda ham, Xerson bilan nima qilish kerakligi savoli tug‘iladi. Chunki kelishuvdan so‘ng qo‘shinlar bufer zonasiga 15 kilometr masofaga chekinsalar, Xerson, shuningdek, Xarkov va Sumi shaharlari artilleriya zarbasi doirasida qoladi.

Kiritildi: 07:53 11.05.2025. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!