Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Tolibon o‘yinni harom deb e’lon qildi va mahalliy federasiyani yopdi.

Ularning fikricha, shaxmat tasodif o‘yini bo‘lib, ularning ta’limotiga ziddir.

2022 yilda afg‘on shaxmatchilari va federasiya vakillari rasmiylarning kuchli bosimidan shikoyat qilishgandi. Garchi jamoa hatto shaxmat Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bo‘lsa ham, Tolibon shaxmatni qo‘llab-quvvatlashni deyarli to‘xtatdi. Federasiyaning sobiq ijrochi direktori Abasin Mohibi shunday dedi:

"O‘n bir oy davomida birorta ham rasmiy turnir, seminar yoki shaxmatga oid boshqa tadbirlar o‘tkazilmadi. Federasiya rasmiylarining aksariyati mamlakatni tark etishdi. Ayrim viloyatlarda shaxmat taqiqlangan. Hozirda federasiyaning ayollar bo‘limi yopilgan. Faol ayol shaxmatchilar ham yo‘q".

Kecha afg‘onistonlik shaxmatchilar o‘zlarining sevimli o‘yinlari bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashni (jumladan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni) qayta tiklashni so‘rab mahalliy sport organiga murojaat qilishgan, biroq bunga javoban ular faqat amirdan mamlakatda shaxmatni to‘liq taqiqlash va federasiya faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi farmoni olgan.

Kiritildi: 23:49 10.05.2025. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!