Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina O‘zbekistonga sanksiya joriy qildi. Uchta kompaniya va bir fuqaro “qora ro‘yxat”da

Ukraina O‘zbekistonga sanksiya joriy qildi. Uchta kompaniya va bir fuqaro “qora ro‘yxat”da

Ukraina prezidenti O‘zbekistonning 1 nafar fuqarosi va 3 ta korxonasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi.

E’lon qilingan farmonga ko‘ra, jami 58 nafar jismoniy va 74 nafar yuridik shaxsga nisbatan cheklov choralari qo‘llanilgan, ulardan 67 nafari Rossiya Qurolli kuchlariga harbiy texnologiyalar yetkazib berishda ayblangan. Sanksiyalar ro‘yxatida O‘zbekistonning uchta, Eron va Xitoyning bittadan kompaniyasi nomi qayd etilgan.

O‘zbekistondagi quyidagi korxonalar Ukrainaning sanksiyalar ro‘yxatidan joy olgan:

— Farg‘ona kimyo zavodi” MCHJ (Farg‘ona);
— “Raw materials cellulose” MCHJ (Jizzax);
— “Mercury Renaissance” MCHJ QK (Toshkent).

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik Rustam Mo‘minov ismli shaxsga qarshi sanksiyalar kiritilgan.

Kiritildi: 18:54 10.05.2025. O'qildi: 9844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!