Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mersning fikricha, Rossiya va Ukraina yaqin ikki kun ichida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishi mumkin.
"Umid qilamanki, shu hafta oxirida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishiladi. Rossiya bir tomonlama e’lon qilgan uch kunlik sulhni hisobga olgan holda, uning 30 kungacha uzaytirilishi ehtimoli katta va shundan so‘ng tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar boshlanishi mumkin", — dedi Mers Bryusseldagi matbuot anjumanida.