NATO Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatish bo‘yicha tinchlik kelishuvining natijasi Ukrainaning alyansga a’zoligini kafolatlashini va’da qilmagan. Shu bilan birga, Ukrainaning a’zolik istiqboli uzoq muddatga saqlanib qolmoqda. Bu haqda alyans bosh kotibi Mark Ryutte Bryusselda Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"NATOdagi barcha a’zolar Ukrainaning NATO tomon yo‘li qaytarilmas bo‘lishiga rozi bo‘lishdi. Ammo biz hech qachon Ukrainaning NATOga a’zoligi tinchlik kelishuvi doirasida kafolatlanishiga rozilik bermaganmiz. Bu haqda hech qachon kelishilmagan. Biroq, uzoq muddatli istiqbolda NATO alyansi "ha" dedi - bu NATOga a’zo bo‘lish istiqboli mavjud bo‘ladi. Bu hozirda davom etayotgan tinchlik muzokaralari uchun emas, balki uzoq muddatli istiqbolga tegishli," - deya ta’kidladi Ryutte.